Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya
14/10 12:45 Melburn Viktori - Seul

O‘FF prezidenti futzal bo‘yicha milliy terma jamoa a’zolari bilan uchrashdi

O‘FF prezidenti futzal bo‘yicha milliy terma jamoa a’zolari bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Joriy yilning 4–11 noyabr kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti — Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tadigan VI Islom birdamlik o‘yinlarida futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Musobaqa oldidan, bugun O‘zbekiston futzal federasiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov milliy terma jamoa a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat davomida federasiya rahbari jamoa a’zolariga o‘zining samimiy tilaklarini izhor etib, ularni mas’uliyatli musobaqada Vatan sharafini munosib himoya qilishga chorladi.

“Vatan sha’ni, millat sharafi har narsadan ulug‘. Buni hech qachon yoddan chiqarmang. Sizning har bir o‘yinlaringiz mehnatkash xalqimiz va futbol ishqibozlarimizning diqqat-e’tiborida bo‘ladi. Yutuq va g‘alabalaringiz ortida millionlab insonlarning orzu-umidlari turadi. Shu bois, bor kuch va mahoratingizni ishga solib, muxlislar ishonchini oqlab, yurtimizga yorug‘ yuz bilan qaytishingiz lozim. Biz sizlarga ishonamiz!” — dedi Bekzod Mamatqulov.

O‘FF prezidenti milliy jamoadan hujumkor va chiroyli o‘yin, muxlislarga quvonch ulashadigan natijalar kutayotganini alohida ta’kidladi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Nodir Eliboyev jamoa Islom birdamlik o‘yinlariga puxta tayyorgarlik ko‘rganini ma’lum qildi. Shuningdek, jamoa yetakchi futbolchilari — Mashrab Adilov va Elbek To‘lqinovlar ham so‘zga chiqib, musobaqada munosib ishtirok etish, O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarishni maqsad qilishganligini bildirishdi.

“Turnir davomida jamoa a’zolari bor kuch va g‘ayratlarini safarbar etib, muxlislarimizni quvontiradigan natijalar va albatta yurtimizga yorug‘ yuz bilan qaytish niyatidamiz,” — dedi jamoa sardori Mashrab Adilov.

Yig‘ilish yakunida terma jamoa a’zolari oldida Vatan sha’ni va xalq ishonchi turganligi yana bir bor ta’kidlanib, nufuzli bellashuvlarda futzalchilarimizga omad va zafarlar tilandi.

Eslatib o‘tamiz, futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 2 noyabr kuni Saudiya Arabistoniga uchib ketadi va 4 noyabr sanasidan Islom Birdamligi o‘yinlaridagi ishtirokini boshlaydi.

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 21:11, 02.11.2025.
O'qildi: 533 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик