Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Pike Marselo va "Real" ustidan kuldi

Pike Marselo va "Real" ustidan kuldi

Baho:
+4 | -1

"Real"ning sobiq himoyachisi Marselo kecha Ispaniya media ligasida debyut qildi. Ligani "Barselona"ning sobiq futbolchisi Jerar Pike boshqaradi.

O‘yin davomida Pike braziliyalik va "Real"ni mazax qildi.

"Marselo allaqachon shikoyat qilmoqda - bu oq futbolka kiygan futbolchilarning DNKsida bor", - deb hazillashdi Pike.

36 yoshli braziliyalik futbolchi 6 fevral kuni futbolchilik faoliyatini yakunlashini e’lon qildi.

Marselo oltita La Liga, beshta Chempionlar Ligasi, beshta Ispaniya Superkubogi, to‘rtta klublar o‘rtasidagi jahon chempionati, uch marta UYEFA Superkubogi, ikki marta Qirollik kubogi, ikki marta Rio-de-Janeyro shtat chempionati, bir marta Libertadores kubogi, bir marta Janubiy Amerikaning Resopa (Superkubogi) va bir marta Rio kubogini qo‘lga kiritgan.

U Braziliya terma jamoasi bilan 2013 yilgi Konfederasiyalar kubogida g‘olib chiqqan. U 2012 yilgi Olimpiya o‘yinlarida kumush va 2008 yilgi Olimpiya o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritdi. 2005 yilda Marselo Braziliya termasi bilan U-17 jahon chempionatida g‘olib chiqdi.

Kiritildi: 22:25, 02.11.2025.
O'qildi: 5861 marta.
Fikrlar: 25 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик