Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barsa" hujumchisi: “El-klasiko”dagi mag‘lubiyatdan keyin o‘z muxlislarimiz oldida g‘alaba qozonishimiz kerak edi"

"Barsa" hujumchisi: “El-klasiko”dagi mag‘lubiyatdan keyin o‘z muxlislarimiz oldida g‘alaba qozonishimiz kerak edi"

Baho:
+ | -

«Barselona» hujumchisi Ferran Torres «Elche»ga qarshi 3:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng jamoa o‘yini haqida fikr bildirdi.

«O‘tgan haftagi “el-klasiko”dagi mag‘lubiyatdan keyin o‘z muxlislarimiz oldida g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Menimcha, o‘yinimizda yaxshilanish sezilyapti, ammo oson bo‘lmadi. “Elche” yopiq himoyada o‘ynadi, bu esa bizga to‘liq ustunlik qilish imkonini bermadi. Omadimiz bor ekan, yaratilgan imkoniyatlardan foydalandik», — deya Torresning so‘zlarini keltirgan Barca Universal nashri.

Ferran Torres uchrashuvning 12-daqiqasida Lamin Yamalning birinchi golidan ko‘p o‘tmay hisobdagi farqni oshirdi. Mehmonlar 42-daqiqada bitta gol urdi, ammo 61-daqiqada Markus Reshford uchinchi golni kiritib, bahsga nuqta qo‘ydi.

Kiritildi: 08:11, 03.11.2025.
O'qildi: 973 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик