Jurnalist Narzulla Saydullayev o‘z telegram-kanalida yozishicha, "Paxtakor" qanot vingeri Umar Adhamzoda "Neftchi"ga qaytishga yaqin turibdi.
27 yoshli futbolchi 2020 yildan 2024 yilgacha farg‘onaliklar safida to‘p tepgan. Keyin u "Paxtakor"ga o‘tgan.
"Sherlar" safida Umar umumiy 61 ta o‘yinda 4 ta gol urib, 9 ta assist berishga ulgurdi.
"Neftchi" tarkibida u 69 ta o‘yinda 5 bor raqiblari darvozasiga to‘p kiritgan va 10 ta golli uzatma bergan.













