Kirish Ro'yxatdan o'tish

Sonning gol va golli uzatmasi «Los-Anjeles»ni MLS kubogi ikkinchi raundiga olib chiqdi (video)

Sonning gol va golli uzatmasi «Los-Anjeles»ni MLS kubogi ikkinchi raundiga olib chiqdi (video)

Baho:
+ | -

Son Xyon Min «Ostin» bilan o‘yinda (4:1) gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.

"Los-Anjeles" vingeri MLS kubogi 1-raundining javob o‘yinida 1 ta gol urib, 1 ta assist berdi. Dastlabki o‘yinda kaliforniyaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishgandi.

Shu tariqa, "Los-Anjeles" MLS kubogining 1/4 finaliga yo‘l oldi va u yerda Tomas Myuller to‘p tepadigan "Vankuver Uaytkeps"ga qarshi bahs olib boradi. G‘arbiy konferensiya yarim finali doirasidagi o‘yin 22 yoki 23 noyabr kunlari Kanada klubi maydonida bo‘lib o‘tadi.

MLS mavsumida jami 12 ta o‘yinda, pley-off o‘yinlarini hisobga olgan holda Son Xyon Min 10 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:24, 03.11.2025.
O'qildi: 1620 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик