Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Islom birdamligi o‘yinlari. O‘zbekiston futzal terma jamoasi bugun Ozarboyjonga qarshi maydonga tushadi

Islom birdamligi o‘yinlari. O‘zbekiston futzal terma jamoasi bugun Ozarboyjonga qarshi maydonga tushadi

Baho:
+ | -

Bugun, 6 noyabr kuni, Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida VI Islom birdamligi o‘yinlari doirasida 2-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu turda O‘zbekiston terma jamoasi Ozarbayjon jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Har ikki jamoa ham musobaqani g‘alaba bilan boshlaganini inobatga olsak, bu bahs murosasiz va shiddatli o‘tishi kutilmoqda. Zero, mazkur bellashuv “olti ochkolik o‘yin” sifatida baholanmoqda — g‘olib jamoa yarim finalga chiqish masalasini muddatidan oldin hal qilib oladi.

Saudiya Arabistoniga qarshi 1-turda ishonchli g‘alabaga erishgan Nodir Eliboyev shogirdlari kechagi mashg‘ulotlarni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazishdi. Ertalab jamoa nazariy mashg‘ulot bilan shug‘ullandi — murabbiylar shtabi bilan birgalikda Ozarbayjon terma jamoasining ilk turdagi o‘yini tahlil qilindi va raqibning kuchli hamda zaif tomonlari muhokama etildi.

Kunning ikkinchi yarmida Olimpiya sport majmuasida amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi. Unda nazariy jihatdan muhokama qilingan taktik ishlanmalar amalda sinovdan o‘tkazildi. Shuningdek, raqibning o‘yin uslubiga qarshi turli taktik yondashuvlar ustida ish olib borildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston – Ozarbayjon terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuv 6 noyabr kuni soat 18:00 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:54, 06.11.2025.
O'qildi: 747 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик