Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Rossiyalik xavbek AQSHda o‘ziga yangi jamoa izlamoqda

Rossiyalik xavbek AQSHda o‘ziga yangi jamoa izlamoqda

Baho:
+ | -

"Atlanta" markaziy yarim himoyachisi Aleksey Miranchuk Amerika klubini tark etmoqchi. Bu haqda Sport Baza xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, rossiyalik xavbek "Atlanta" MLS pley-off bosqichiga chiqa olmagani uchun klubni tark etmoqchi. Qayd etilishicha, Miranchuk AQSHdagi o‘yinidan mamnun, shu bois faoliyatini davom ettirish uchun mahalliy klub izlamoqda. Futbolchi Rossiya chempionatiga qaytishga hali tayyor emas.

O‘tgan mavsumda Aleksey Miranchuk 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Uning "Atlanta" bilan shartnomasi 2027 yilning dekabrida yakuniga etadi. Transfermarkt portali xavbekni 9 mln yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 15:40, 06.11.2025.
O'qildi: 981 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик