Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta 2-2 Udineze
07/03 22:30 Atletiko 3-2 Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan - Inter
09/03 01:00 Valensiya - Alaves

Layma Vladson va Aleksandra Barmicheva rasmiy ravishda o‘zbek tennisi vakillariga aylandi

Layma Vladson va Aleksandra Barmicheva rasmiy ravishda o‘zbek tennisi vakillariga aylandi

Baho:
+ | -

Ikki iqtidorli sportchi Layma Vladson va Aleksandra Barmicheva O‘zbekiston fuqaroligini oldi va endilikda xalqaro arenalarda yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Layma Vladson — O‘zbekiston professional tennisining yangi yuzi

18 yoshli tennischi Layma Vladson, ilgari Litva nomidan ishtirok etgan, ITF talqiniga ko‘ra dunyoning eng kuchli 10 nafar yosh qizlari qatoriga kiradi va WTA jahon reytingida 887-o‘rinda turadi. U yoshligidan yuqori natijalar ko‘rsatib, Yevropaning eng istiqbolli sportchilari safida tilga olinadi. Shuningdek, u 2025 yil 9–15 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan W15 Tashkent Hayot Bank Cup professional turnirida yakkalikda g‘olib bo‘lgan.

Vladsonning asosiy yutuqlari:
• 7 ta ITF Juniors unvoni, jumladan J300 Porto Alegre (Braziliya), J300 Asunción (Paragvay) — 2025 yil;
• Hayot Bank Cup W15 Tashkent (O‘zbekiston) — 2025 yil g‘olibi;
• J200 Bratislava (Slovakiya) — 2024 yil, J100 Trnava (Slovakiya), J3 Tashkent (O‘zbekiston), J3 Ust-Kamenogorsk (Qozog‘iston) va J5 Fujairah (BAA), W15 Tashkent (O‘zbekiston) turnirlarida g‘alabalar;
• ITF Junior reytingi — №10 (2025 yil oktyabr).

Layma kuchli birinchi zarbasi, barqaror texnikasi va kortdagi irodali o‘yini bilan tanilgan. Uning O‘zbekiston bayrog‘i ostiga o‘tishi mamlakatimiz pozisiyalarini jahon tennisida yanada mustahkamlaydigan strategik qadamdir.

Aleksandra Barmicheva — o‘zbek tennisining yosh va istiqbolli sportchisi

O‘zbekiston fuqaroligini olgan yana bir tennischi — 15 yoshli Aleksandra Barmicheva — ITF W15 Tashkent 2025 turnirining eng yosh ishtirokchisi bo‘ldi. 2010 yil 25 iyulda tug‘ilgan Aleksandra allaqachon xalqaro musobaqalarda ishonchli o‘yin namoyish etib, yuqori salohiyatini ko‘rsatmoqda.



Barmichevaning asosiy yutuqlari:
• J100 Vancouver (Kanada) — 2025 yil yakkalik chempioni;
• J100 Cholpon-Ata (Qirg‘iziston) — juftlik chempioni Tatyana Golovina bilan.

2025 yilda Aleksandra kattalar turida debyut qildi va ITF W15 Tashkentda ishtirok etib, o‘z karyerasida muhim qadam qo‘ydi.

“Bu biz uchun katta qadam. Layma Vladson va Aleksandra Barmicheva kabi sportchilarning paydo bo‘lishi O‘zbekistonda ayollar tennisini rivojlantirishga yangi turtki beradi. Ularning yutuqlari o‘sib kelayotgan avlod uchun ilhom manbaidir”, — deya ta’kidlashdi O‘zbekiston tennis federasiyasida.

Bunday sportchilarning jalb etilishi O‘zbekistonning mintaqadagi tennis rivojlanish markazi sifatidagi jozibasi ortib borayotganini ko‘rsatadi. Toshkent tobora ko‘proq — yuniorlardan tortib professionallargacha bo‘lgan yangi yulduzlar shakllanayotgan maydonga aylanib bormoqda.

O‘zbekiston tennis federasiyasi matbuot xizmati

Kiritildi: 18:27, 06.11.2025.
O'qildi: 1147 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.