Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Mirjalol Qosimov: “Agar raqib ikkinchi to‘pni kiritganida, o‘yin tizgini umuman o‘zgarib ketishi mumkin edi”

Mirjalol Qosimov: “Agar raqib ikkinchi to‘pni kiritganida, o‘yin tizgini umuman o‘zgarib ketishi mumkin edi”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 28-turidan o‘rin olgan OKMK – “Navbahor” (3:1) uchrashuvidan keyinki matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi. “Konchilar” ustozi odatdagidek, o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

— Yana ikki xil bo‘lim ko‘rdik. Uchrashuvning birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdik, vaziyatlar yaratdik, gollar urdik. Ikkinchi 45 daqiqalikni ham yaxshi boshladik. “Navbahor” darvozaboni bir nechta goldan qutqarib qoldi. Keyin esa nimagadir o‘yinni tashlab yuborddik. Ikkinchi bo‘limning yarmidan keyin yaxshi harakat qila olmadik. O‘z darvozamizdan to‘p ham o‘tkazib yuborddik. Agar raqib ikkinchi to‘pni kiritganida, o‘yin tizgini umuman o‘zgarib ketishi mumkin edi. O‘zbek bo‘lganimiz uchun ham shu narsani yo‘q qilib bo‘lmayapti.

Juda erta xotirjamlikka berilib qolyapmiz. Vaholanki, shogirdlarimga ishonaman, biz oxirigacha o‘yin ko‘rsata olamiz. G‘uzorda “Sho‘rtan” bilan ham shunday bo‘lgandi. U yerda ham xotirjamlikka berilib, shuning oqibatida xato qilib yutqazib qo‘ygandik. Futbol esa xatolarni kechirmaydi. Doim oxirigacha hushyor turish kerak. Endi qisqa ta’tilga chiqamiz, FIFA kunlari boshlanadi. So‘ngra yana yig‘ilib, mashg‘ulotlarni davom ettiramiz.

— Umumiy mavsumni oladigan bo‘lsak, OKMK chempionatni juda yaxshi boshladi, bir nechta kambeklar guvohi bo‘ldik, jamoa turnir jadvalida peshqadamga ham aylandi. Lekin shundan so‘ng ikkinchi davraga kelib, pastga sho‘ng‘ish kuzatila boshlandi. Bunga nima sabab bo‘ldi?

— Hammasi “Sho‘rtan” bilan bellashuvdan keyin boshlandi. Uchrashuv qoldirildi, keyin boshqa payt o‘tkazildi, 0:0 o‘ynadik va hammasi shu bilan boshlandi. Futbolda taltayish kerak emas, doim yerda yurish kerak. Ko‘pincha turnir jadvaliga qarab, hozir bemalol yutamiz deb o‘ylaymiz, lekin bunday emas. Har bir raqibni hurmat qilish shart. Qaysi yutuq osonlikcha qo‘lga kiritiladi — hech biri.

Shuning uchun imkonim bo‘lganida, futbolchilar miyasiga kirib, nima xayalda ekanliklarini bilgan bo‘lardim, deb bekor gapirmadim. Bizga barqarorlik yetishmadi. O‘yin paytida o‘zingni o‘zgartirish qiyin, bunga o‘yindan oldin ruhan tayyorlanish kerak. Hozir maydonga chiqib, undoq qilaman, bundoq qilaman degan bilan ish bitmaydi. Raqib ahmoq emas, ular ham qarab turmaydi. Jadvaldagi yuqori jamoalar bilan yaxshi o‘ynadik, biroq o‘zimizdan pastdagilar bilan o‘ynay olmadik.

— Kelasi yil jamoa tarkibi ancha yoshardi, degan gaplar quloqqa chalindi...

— Futbolda hamma narsa tabiiy bo‘lishi kerak. Mish-mishlar esa doim bo‘lgan, hech qachon to‘xtamaydi. Biz har doim sabrli, harakatchan yoshlarga imkoniyat beramiz. Pomidorning ham sun’iysining mazasi boshqacha bo‘ladi, tabiiysi esa umuman boshqa ta’m beradi. Narxi ham boshqacha bo‘ladi. Men bunni misol tariqasida aytdim.

Yoshlar ham tabiiy katta bo‘lishi kerak. Ular ham kimdandir o‘rnak olib, ulg‘ayishi lozim. Lekin hammasi tabiiy yo‘l bilan amalga oshishi kerak. Birdaniga yoshartirish yaxshi oqibatga olib kelmasligi mumkin.

Bir gal aytgandim: jurnalistlarning ham aybi bor deb. Chunki bizning OAVda ko‘tar-ko‘tar nihoyatda chegarasiz. Sal yaxshi o‘ynab qolsa, darrov yuqoriga ko‘taramiz, yulduz yasab qo‘yamiz. Bitta o‘yinda zo‘r o‘ynab, keyin o‘nta o‘yin o‘tirsa, bunning kimga keragi bor? Shuning uchun ham hammasi tabiiy bo‘lishi kerak. Bu albatta, mening shaxsiy fikrim. Agar rahbariyat faqat 17 yoshlilar o‘ynasin, Superligada yursanglar bo‘ldi dese, unda boshqacha ish tutamiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 23:18, 07.11.2025.
O'qildi: 786 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.