Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Real» va Vinisius o‘rtasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi

«Real» va Vinisius o‘rtasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi vingeri Vinisius Junior jamoani tark etishi mumkin, deb xabar bermoqda El Chiringuito TV.

25 yoshli braziliyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar samara bermayotgani va hozircha hech qanday oldinga siljish kuzatilmayotgani aytilmoqda. Manba ma’lumoticha, «Real» futbolchini 150 million yevro deb baholagan va uni arzonroq narxga qo‘yib yuborish niyatida emas.

Vinisius esa faoliyatini davom ettirish uchun boshqa variantlarni ko‘rib chiqishni boshlagan. Agar u Madridni tark etishga qaror qilsa, uning asosiy yo‘nalishi Angliya Premyer-ligasi bo‘ladi — u eng yuqori darajada o‘ynashni xohlaydi va Saudiya Pro-ligasiga o‘tish niyati yo‘q. Ilgari «Manchester Yunayted» Vinisius Juniorga qiziqish bildirgani haqida xabar berilgan edi.

Joriy mavsumda Vinisius klub darajasida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan va 4 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 14:09, 08.11.2025.
O'qildi: 4655 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик