Lamin Yamal La Liganing 12-turida "Barselona"ning "Selta"ga qarshi o‘yinida (4:2) gol urdi - bu uning so‘nggi 13 o‘yindagi 14-samarali harakati bo‘ldi.
Endi 18 yoshli vinger hisobida "Barselona" va Ispaniya terma jamoasi safida 2025/26 yilgi mavsumda 13 ta o‘yinda 6 ta gol va 8 ta assist mavjud.













