Kirish Ro'yxatdan o'tish

Runi “Etihad”dagi mojaroli epizod haqida fikr bildirdi

Runi “Etihad”dagi mojaroli epizod haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi kecha "Manchester Siti"ga qarshi kechgan bahsda "Liverpul" himoyachisi Virjil van Deykning hisoblanmagan goli haqida gapirdi.

"Bu golni hisobga olish kerak edi. Robertson sakrash paytida darvozabonni to‘smadi. Donnarumma hamma narsani ko‘rib turardi. Menimcha, hakam noto‘g‘ri qaror qabul qildi," - deya sobiq futbolchining so‘zlarini keltiradi Liverpool Echo.

Eslatib o‘tamiz, mazkur bahs 0:3 hisobida "Liverpul"ning yirik mag‘lubiyati bilan yakunlandi.

Ma’lumot uchun, mersisaydliklar bugungi kunga qadar 18 ochko bilan Premyer-liga turnir jadvalida beshinchi o‘rinda borayotgan bo‘lsa, Xosep Gvardiola shogirdlari (22) ikkinchi pog‘onadan joy olgan.

Kiritildi: 13:14, 10.11.2025.
O'qildi: 741 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик