"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Gari Nevill "Manchester Siti" - "Liverpul" uchrashuvidan so‘ng "qizillar" xavbeki Florian Virsni tanqid qildi.
"Virs - bu muammo. Keling, buni shunchaki muammo deb ataymiz.
U 120 million funt sterling turadi... va bugun menga Virs xuddi yosh bolaga o‘xshab ko‘rindi", - dedi ekspert.
Florian mersisaydliklar safida jami 15 ta o‘yinda bor-yo‘g‘i 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.













