Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘zbekistonning U19 chempionati Osiyoda yilning eng yaxshi yoshlar ligasi deb topildi

O‘zbekistonning U19 chempionati Osiyoda yilning eng yaxshi yoshlar ligasi deb topildi

Baho:
+ | -

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida o‘tkazilayotgan Grassroot konferensiyasi oldidan AFC Special Elite Youth Football Awards 2025 marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan tashkil etib kelinayotgan U19 Chempionati Osiyoda yilning eng yaxshi yoshlar ligasi deb e’tirof etildi.

Mukofotni OFK bosh kotibi o‘rinbosari — Shin Man Gil Liga­ning Musobaqalarni o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi, U19 Chempionati menedjeri — Qudratbek Madraimovga topshirdi. Sovrinni topshirish marosimi chog‘ida ayni damda Jahon chempionatida ishtirok etayotgan O‘zbekiston U17 terma jamoasi safidagi aksariyat futbolchilar aynan ushbu musobaqada shakllangani alohida ta’kidlab o‘tildi.

Mazkur nufuzli mukofot har yili muntazam ravishda topshiriladi. So‘nggi ikki yil davomida bu sovringa Yaponiyaning turli yosh toifalaridagi ligalari sazovor bo‘lgan edi. Joriy yilda esa ushbu mukofot O‘zbekiston U19 Chempionatiga nasib etdi.

Tanlovda g‘olibni aniqlashda bir qator mezonlar — musobaqa tashkilotchiligi, yil davomida o‘tkazilgan o‘yinlar soni, infratuzilma darajasi, hakamlik sifati, murabbiylarning malakasi hamda so‘nggi yillarda mazkur chempionatdan yetishib chiqqan professional futbolchilar soni inobatga olindi. Yuqoridagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha U19 Chempionati Osiyoda tengsiz deb topildi.

Ma’lumot uchun, ayni kunlarda U19 Chempionatining pley-off o‘yinlari markazlashgan holda Toshkentdagi "Jar" stadionining zaxira maydonida o‘tkazilmoqda. Final uchrashuviga esa Jar stadionining asosiy maydoni mezbonlik qiladi.

Bundan tashqari, o‘zbek futboli iqtidorlarining eng katta bozori hisoblangan musobaqaning kuchli futbolchilari ishtirokidagi bahslar Liga­ning zamonaviy ko‘chma televizion stansiya vositasida jonli efirda Liga­ning YouTube'dagi rasmiy sahifasi orqali yuqori sifatda namoyish etilmoqda.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 20:06, 11.11.2025.
O'qildi: 1134 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.