Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

"Milan" ukrainalik forvard transferidan butunlay voz kechdi

"Milan" ukrainalik forvard transferidan butunlay voz kechdi

Baho:
+ | -

"Roma"ning ukrainalik forvardi Artyom Dovbik qishki transfer oynasida "Milan"ga o‘tmaydi, deb xabar beradi Pianeta Milan.

Manbaga ko‘ra, "rossonerilar"ning rimliklarning 28 yoshli hujumchisini qo‘lga kiritish bo‘yicha rejalari futbolchining jarohati tufayli uzil-kesil barbod bo‘lgan. U 4-6 haftani o‘tkazib yuboradi.

Avvalroq, "Milan" yozda Dovbikka qiziqish bildirgan va qishda transferga qaytishni rejalashtirgan edi. Ammo ukrainalik futbolchi faqat dekabr oyi oxirida maydonga tushishi mumkinligini inobatga olsak, klub optimal formada bo‘lmagan futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishi dargumon.

2025/26 yilgi mavsumda Dovbik "Roma" safida barcha rasmiy turnirlarda 14 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 23:14, 12.11.2025.
O'qildi: 921 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик