Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid 4-0 Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted 5-2 Ipsvich
30/08 21:30 Napoli 1-2 Komo
30/08 22:30 Deportivo 3-1 Valensiya
30/08 23:45 Kalyari 0-1 Inter
30/08 23:45 Lasio 1-0 Jenoa
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

Eldor Shomurodov: «Eronga qarshi o‘yinda, albatta, har doim g‘alaba uchun harakat qilamiz»

Eldor Shomurodov: «Eronga qarshi o‘yinda, albatta, har doim g‘alaba uchun harakat qilamiz»

Baho:
+2 | -

O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Misrga qarshi uchrashuvdan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.

"Birinchi bo‘limda katta ustunlik biz tomonda bo‘ldi. Ikkitadan ko‘proq gol urishimiz ham mumkin edi. Bizda golli vaziyatlar ko‘p bo‘ldi.

Birinchi bo‘limda hisobda oldinga o‘tib olganimizdan keyin ikkinchi bo‘limda ko‘proq e’tiborni himoyaga qaratdik. Misr ham taktikasini o‘zgartirib, ko‘proq hujum tashkil qildi. Shuning uchun ikkinchi taym boshida tashabbusni ularga berib qo‘ydik. Lekin, asosiysi — gol o‘tkazib yubormadik.

Vaziyatlarni golga aylantirishda xatolar bo‘ldi, ammo, eng muhimi — o‘sha vaziyatlarni yaratish. Golli vaziyatlarni yaratdik. Bu esa Oston bilan ham, Aziz bilan ham bir-birimizni yaxishi tushunib harakat qilayotganimizni anglatadi.

Pressing qilishga harakat qildik. Ammo har xil o‘yin bo‘ladi. Birinchi bo‘limda tashabbusni o‘z qo‘limizga olib, pressing orqali o‘ynadik. Ikkinchi bo‘limda esa himoyaga e’tibor qaratdik. Zamonaviy futbolda hamma narsaga tayyor turish kerak, deb o‘ylayman. Chunki, ba’zi bahslarda pressing qilib o‘ynashga to‘g‘ri kelcha, ba’zi o‘yinlarda esa, raqib kuchli bo‘lgani uchun himoyadan o‘ynashga to‘g‘ri keladi.

Finalda, albatta, g‘alaba uchun harakat qilamiz", — dedi Shomurodov o‘yindan keyin.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:36, 15.11.2025.
O'qildi: 3804 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик