Milanning "Inter" klubi va Italiya terma jamoasi sobiq darvozaboni Janluka Palyuka A Seriya chempionligiga da’vogarlar borasida fikr bildirdi.
"Men "Inter"ni tanlayman. O‘tgan mavsum oxiridagi mag‘lubiyatlardan so‘ng klub o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotishidan qo‘rqdim, ammo Kristian Kivu barchasini muvozanatda ushlab tura oldi," - deya Palyukaning so‘zlarini keltiradi fcinter1908.it.













