Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas 0-1 Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya 1-1 Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa

Shaxmat. Jahon kubogi. Nodirbek Yoqubboyev ilk o‘yinda g‘alaba qozondi, Javohir Sindarov durang o‘ynadi

Shaxmat. Jahon kubogi. Nodirbek Yoqubboyev ilk o‘yinda g‘alaba qozondi, Javohir Sindarov durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Hindistonning Goa shahrida bo‘lib o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha jahon kubogi musobaqasida bugun chorak final bosqichi doirasida ilk uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Javohir Sindarov ushbu bosqichda meksikalik Xose Martinesga qarshi oq donalarda o‘ynadi. Bahsning dastlabki 31 ta yurishigacha tenglik saqlanib turdi. 32-yurishda esa raqib xatoga yo‘l qo‘ydi va Javohir bitta piyodani urib olishg imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Ammo Sindarov bu imkoniyatdan negadir foydalanmadi. Oqibatda vaziyat yana tenglashdi va 3-yurishga kelib tomonlar durangga imzo chekishdi.

Bugun o‘tkazilgan chorak final partiyalari orasida faqatgina Nodirbek Yoqubboyev g‘alaba qozondi. Hamyurtimiz germaniyalik Aleksandr Donchenko qarshi oq donalarda harakat qildi. Raqib 11-yurishda noaniq harakat qilishi oqibatida Nodirbek kichik ustunlikni qo‘lga kiritdi va u mazkur ustunlikni o‘yin oxirigacha nafaqat qo‘ldan chiqarmadi, balki uni oshirib bordi. Nihoyat 44-yurishga kelib Donchenko bir sipoh kam bo‘lib qolgach, mag‘lubiyatini tan oldi.

Ertaga chorak finalning javob o‘yinlari o‘tkaziladi. Yoqubboyevni durang natija ham yarim finalga olib chiqadi. Sindarov esa javob bahsida g‘alaba qozonishga urunib ko‘radi. Yana durang qayd etilsa, shaxmatchilar 19 noyabrr kuni tay-brekda g‘olib nomiga aniqlik kiritishadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:04, 17.11.2025.
O'qildi: 1319 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.