Kirish Ro'yxatdan o'tish

Tuxel "Bayer" futbolchisini Trentdan yuqoriroq baholadi

Tuxel "Bayer" futbolchisini Trentdan yuqoriroq baholadi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel o‘ng qanot himoyasidagi raqobat haqida gapirdi.

Madridning "Real" klubi sharafini himoya qilayotgan Trent Aleksander-Arnold iyun oyi boshidan buyon "uch sherlar" safida o‘ynamadi. 27 yoshli futbolchi noyabrdagi yig‘inni o‘tkazib yubordi. Yaqinda bo‘lib o‘tgan Albaniyaga qarshi o‘yinda "Liverpul"ning yana bir sobiq futbolchisi, hozirda "Bayer"da to‘p tepayotgan Jerell Kuansa o‘ng qanot himoyasidan joy oldi.

"Kuansa "Bayer"da yoshlar o‘rtasidagi Yevrodan keyin birorta o‘yin daqiqasini o‘tkazib yubormadi, shuning uchun hozirda u o‘ng qanot himoyachisi pozisiyasida bizning iyerarxiyamizda Trentdan oldinda", - deya Tuxelning so‘zlarini keltiradi The Touchline.

Eslatib o‘tamiz, Aleksander-Arnold va Kuansa o‘tgan yozda "Liverpul"ni tark etishgan edi.

Kiritildi: 09:12, 19.11.2025.
O'qildi: 957 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик