Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

"Atletiko" forvardi yanvarda ketmoqchi

"Atletiko" forvardi yanvarda ketmoqchi

Baho:
+ | -

Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Aleksandr Sorlot qishki transferlar davrida jamoani tark etmoqchi.

Norvegiyalik futbolchi 2026-yilgi jahon chempionatiga optimal formada kelish uchun asosiy tarkibda doimiy o‘yinchi bo‘ladigan jamoada o‘ynashni xohlaydi, deb xabar beradi jurnalist Yag‘iz Sabunjuo‘g‘lu. Agar "matraschilar" 29 yoshli futbolchini qishda qo‘yib yuborishmasa, mavsum yakunlangach xayrlashishlari aniq.

Aleksandr Sorlotning Transfermarkt saytidagi narxi 25 mln yevro. Joriy mavsumda forvard "Atletiko" safida 14 ta bahsda qatnashib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Madrid grandining boshlang‘ich tarkibida futbolchi atigi olti marta maydonga tushdi.

Kiritildi: 06:46, 20.11.2025.
O'qildi: 898 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик