Kirish Ro'yxatdan o'tish

Tibo Kurtua Yamal aytgan gaplar haqida fikrini bildirdi

Tibo Kurtua Yamal aytgan gaplar haqida fikrini bildirdi

Baho:
+-1 | -

Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua "Barselona" vingeri Lamin Yamal bilan ziddiyat haqida gapirdi.

Belgiyalik futbolchi oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan "el-klasiko"da final hushtagi yangraganidan so‘ng 18 yoshli yulduz bilan tortishib qolgandi. Eslatib o‘tamiz, o‘sha uchrashuv "qaymoqranglilar"ning g‘alabasi bilan yakunlangandi (2:1).

"Bu "el-klasiko," adrenalin darajasi juda yuqori edi. Ba’zan keyinchalik ortiqcha deb hisoblagan gaplarni gapirishimiz mumkin. Men Yamal bilan Karvaxal o‘rtasidagi janjalni ko‘rgan edim, aralashmay ilojim yo‘q edi. Ammo bularning barchasi maydonda qoldi - o‘ylaymanki, Lamin bilan hech qanday muammo yo‘q. Agar ertaga uni restoranda ko‘rsam - salomlashaman," - deya Kurtuaning so‘zlarini keltiradi ispan OAV.

"Real" La Liganing 12-turidan keyin "Barselona"ni 3 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Kiritildi: 12:50, 20.11.2025.
O'qildi: 4027 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик