Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Bu juda og‘ir bo‘ldi": "Tottenxem" forvardi jarohati haqida gapirdi

"Bu juda og‘ir bo‘ldi": "Tottenxem" forvardi jarohati haqida gapirdi

Baho:
+ | -

"Tottenxem" markaziy hujumchisi Dominik Solanke jarohatidan tiklanayotganiga izoh berdi.

Angliyalik futbolchi joriy mavsum Angliya chempionati boshlanishida to‘pig‘idan jarohat olgan. Shu sababli u avgust oyidan beri maydonga tushmayapti.

"Bu juda og‘ir edi. Jarohat qanchalik jiddiy ekanligini tushunmadik. Men iloji boricha tezroq qaytishga harakat qildim, lekin bu amalga oshmadi, shuning uchun operasiya qilishga majbur bo‘ldim. O‘shandan beri qaytish ustida ishlayapman," - deya Solankening so‘zlarini keltiradi The Athletic.

Joriy mavsumda Solanke "shporlar" safida atigi uchta o‘yinda maydonga tushib, gol ura olmadi. Hujumchining "Tottenxem" bilan shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 17:05, 20.11.2025.
O'qildi: 854 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик