Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barselona" La Ligada qatorasiga 33 o‘yinda gol urdi

"Barselona" La Ligada qatorasiga 33 o‘yinda gol urdi

Baho:
+ | -

Kataloniyaning "Barselona" klubi "Atletik" darvozasiga javobsiz 4ta to‘p kiritib, "Kamp Nou"ga ajoyib tarzda qaytdi. Bu Ispaniya chempionatidagi ketma-ket 33-o‘yin bo‘lib, unda "Barselona" kamida bitta gol urdi.

Oxirgi marta "Barselona" 2024 yilning 15 dekabrida La Liga o‘yinida gol ura olmagan va o‘z uyida "Leganes"ga minimal hisobda yutqazgandi. Bunday seriya "Barselona"ni Ernesto Valverde boshqargan 2019 yildan beri klub uchun eng yaxshisi bo‘ldi. O‘shanda jamoa La Ligada ketma-ket 37 o‘yinda gol urgan.

Keyingi turda "Barselona" o‘z maydonida "Alaves"ga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 08:18, 23.11.2025.
O'qildi: 911 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик