Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

Emiliano Martinesga yana bir top-klub qiziqib qoldi

Emiliano Martinesga yana bir top-klub qiziqib qoldi

Baho:
+ | -

"Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martines Angliya premyer-ligasini Italiya A seriyasiga o‘zgartirishi mumkin.

Argentinalik futbolchini "Inter" klubi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, deb xabar beradi Transfer News Live Flashscore’ga tayanib. "Neradzurrilar" mavsum yakunlangach, amaldagi shartnomasi yakunlanadigan Yann Zommerga o‘rinbosar qidirmoqda. 33 yoshli jahon chempioni nomzodlardan biri.

"Inter" Emiliano Martinesni 2023 yildayoq o‘z safiga qo‘shib olishga uringan, ammo o‘shanda "Villa" rad javobini bergandi. Transfermarkt portali hisob-kitoblariga ko‘ra, darvozabonning ayni damdagi narxi 16 mln yevroni tashkil qilmoqda.

"Aston Villa" yulduziga da’vogarlar qatorida "Tottenxem" ham tilga olingan, o‘tgan yozda esa futbolchini "Manchester Yunayted" bilan bog‘lashgandi.

Kiritildi: 07:52, 24.11.2025.
O'qildi: 824 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик