Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta 2-2 Udineze
07/03 22:30 Atletiko 3-2 Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan - Inter
09/03 01:00 Valensiya - Alaves

Federer Xalqaro tennis shon-shuhrat zaliga kiritiladi

Federer Xalqaro tennis shon-shuhrat zaliga kiritiladi

Baho:
+ | -

Afsonaviy tennischi Rojer Federer 2026 yilda Xalqaro tennis shon-shuhrat zaliga kiritiladi. Marosim 27-29 avgust kunlari Nyuportda bo‘lib o‘tadi.

Federer "Katta dubulg‘a" turnirlarining 20 karra chempioni bo‘lgan. U Uimbldon turnirida sakkizta chempionlikni qo‘lga kiritib, rekord o‘rnatgan. Dunyo tasnif jadvalini ketma ket 237 hafta boshqarib brogan, bu ham takrorlanmas natija. Umuman esa, Federer 310 hafta davomida yetakchilik qilgan, bu borada faqat Novak Jokovichning natijasi unikidan yaxshiroq. Rojer 103 ta ATP turnirida g‘olib chiqdi, bu borada esa faqat amerikalik Jimmi Konnorsdan ortda qolgan xolos (109).

Federer 2022 yil sentyabr oyida faoliyatini yakunlagan. U xayrlashuv uchrashuvini Rafael Nadal bilan birga o‘tkazdi, ammo rasmiy turnirlarda Uimbldon-2021 dan buyon qatnashmasdan kelmoqda. Shon-sharaf zaliga kirish uchun tennischi faoliyatini tugatganiga kamida besh yil bo‘lishi lozim.

Albatta, Federer uchun shon-shuhrat zaliga kirish haqidagi xabar kutilmagan yangilik bo‘lmadi. Ammo rasmiy proseduralarga rioya qilish kerak. Bu quvonchli xabarni Rojerga yetkazuvchi videomuloqotda tennis afsonalari Kim Kleysters, Boris Bekker, Stefan Edberg, Rod Leyver, Pam Shriver, Martina Xingis, Martina Navratilova, Gabriela Sabatini, Sten Smit, Billi Jin King va boshqalar – jami 20 kishi ishtirok etdi. Shon-sharaf zali boshlig‘i Kleysters Rojerga tashkilotga kirish haqidagi rasmiy e’lonni o‘qib berdi, keyin u va boshqalar Federer haqida iliq so‘zlar aytishdi.

Rojer bu maqtovlarga minnatdorchilik bilan javob qaytarardi. Federer dunyoning 28 mamlakatidan yana 267 nafar vakil bilan hamrohlik qiladigan Shon-sharaf zaliga kirganidan juda ta’sirlandi va ko‘z yoshlarini zo‘rg‘a ushlab turganini hamma ko‘rdi. Kelasi yilning 27-29 avgust kunlari afsonaviy shveysariyalikni Nyuportda tantanali qabul marosimi kutmoqda, u yerda his-tuyg‘ularni yashirish Rojerga yanada qiyinroq bo‘ladi.

Kiritildi: 17:29, 27.11.2025.
O'qildi: 406 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.