"Bavariya" Bundesliganing faqat bitta o‘yinida ochko yo‘qotdi.
Kecha Vensan Kompani jamoasi 12-turda "Sankt-Pauli"ni mag‘lub etdi (3:1).
Myunxenliklar joriy chempionatda o‘n bitta g‘alaba va bitta durangga erishgan. Ular 34 ochko jamg‘arib, eng yaqin ta’qibchilaridan 8 ochko farq bilan peshqadamlik qilmoqda.
Qolgan turnirlarni qo‘shib hisoblaganda, "Bavariya"ning bu mavsumda 18 g‘alabasi, durang va mag‘lubiyati bor. U 3 dekabr kuni Germaniya kubogida "Union"ga qarshi maydonga tushadi.














