Kataloniyaning "Barselona" klubi o‘z safiga iqtidorli markaziy hujumchini qo‘shib olmoqchi.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" Misrning "Al-Ahli" U-21 jamoasi hujumchisi Hamza Abdelkarimni diqqat bilan kuzatmoqda.
17 yoshli forvard shu kungacha "Al-Ahli" kattalar jamoasida 2 ta o‘yinda qatnashgan. Shuningdek, Misr U-17 safida 19 ta o‘yinda 12 ta gol urgan.













