"Barselona" bugun La Liga doirasida "Atletiko"ni qabul qiladi.
Sport nashri xabariga ko‘ra, mazkur bahsda "ko‘k-anorranglilar" himoyachisi Jyul Kunde zaxirada qoldiriladi. O‘yinni asosiy tarkibda unining o‘rniga Erik Garsiya boshlaydi. Markaziy himoyada esa Pau Kubarsi va Jerar Martin juftligi harakat qiladi.
Bugungi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 01:00'da start oladi.













