Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

WBCda Rebrending: WBC EurAsia — Professional boksda yangi davr boshlanmoqda

WBCda Rebrending: WBC EurAsia — Professional boksda yangi davr boshlanmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Ayni kunlarda Taylandning Bangkok shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon Boks Kengashining (WBC) 63-Konvensiyasi doirasida WBC Direktorlar kengashining navbatdagi majlisi o‘tkazildi. Ushbu majlis nafaqat yilning eng muhim tadbirlaridan biri bo‘ldi, balki professional boks tarixida yangi sahifa ochmoqda.

Konvensiyada CISBB (MDH va Qora dengiz mintaqasi Boks Byurosi) tashkiloti rasman WBC EurAsia deb qayta nomlandi. Bu o‘zgarish Yevropa va Osiyo qit’alari o‘rtasidagi yangi strategik birlashuvning boshlanishi sifatida qabul qilindi.

Shu bilan birga, WBC Direktorlar kengashi tomonidan WBC EurAsia prezidenti lavozimiga bir ovozdan o‘zbekistonlik nufuzli sport arbobi Gafur Raximov saylandi. Uning boy tajribasi, strategik fikrlash qobiliyati va boks rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi ushbu tuzilmaning kelajakdagi yo‘nalishlarini belgilashda muhim o‘rin tutadi.

WBC prezidenti Maurisio Suleyman yig‘ilishdavomida Raximovni chin yurakdan qutlab, uning WBC oilasidagi xizmatlarini alohida e’tirof etdi. WBC Prezidenti janob Raximovni O‘zbekistonda zamonaviy boksning otasi sifatida biligshini, boks rivojida ulkan ishlarni amalga oshirib kelayotganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Raximov 2023-yilda WBCning oliy kengashi a’zoligiga qabul qilingan paytdan beri xalqaro hamkorlikka beqiyos hissa qo‘shib kelmoqda.
 
O‘zbekiston Profesional boks federasiyasi WBCga a’zoligiga qabul qilinganligiga bor-yo‘g‘i ikki yildan oshdi, ammo bu davr ichida mamlakat professional boks sohasida ulkan yutuqlarga erishdi.

2023-yilda Toshkent shahrida WBCning 61-Konvensiyasini yuqori darajada o‘tkazilishi —mamlakatning tashkiliy salohiyati, sport diplomatiyasi va xalqaro nufuzining yorqin namoyishi bo‘ldi. WBC rahbariyati O‘zbekistondagi professional va olimpiya boksi rivojidan mamnun ekanligini bir necha bor ta’kidlagan.

O‘zbekiston Professional Boks Federasiyasi oxirgi yillarda WBC standartlari asosida yangi professional turnirlarni yo‘lga qo‘ydi.

Yosh iste’dodlarni xalqaro arenaga olib chiqish borasida yangi dasturlarni amalga oshirib kelmoqda. Jahon boksining yetakchi tashkilotlari bilan hamkorlikni ko‘lga kiritdi.
Bugungi kunda O‘zbekiston WBC bilan o‘z hamkorligini yangi bosqichga ko‘tardi va mintaqa miqyosida eng barqaror rivojlanayotgan professional boks markazlaridan biriga aylanmoqda.
WBC EurAsia tashkil etilgani bilan Yevropa va Osiyo professional boksining integrasiyasiga yangi yo‘l ochildi. Bu platforma qit’a miqyosida quyidagi yo‘nalishlarda yangi imkoniyatlar yaratadi. Bu haqida tashkilot Prezidentidi Gafur Rahimov o‘z nutqida ma’lum qildi.
Kelgusida Yevropa va Osiyo boks federasiyalari o‘rtasida innovasion hamkorlik, sportchilar, murabbiylar va rasmiylar uchun yangi ta’lim dasturlari va media va marketing yo‘nalishlarida katta qamrovli loyihalar va mintaqaviy boks bozorining yagona standartlar asosida rivojlanishi borasida o‘z rejalarini e’lon qildi.
 
O‘z nutqida Gafur Raximov WBCning abadiy prezidenti Xose Suleyman bilan ko‘p yillik yaqin do‘stlik va hamkorlik haqida to‘xtalib, uning zamonaviy boks rivojiga qo‘shgan hissasini katta ehtirom bilan yodga oldi. Xose SuleymanProfessional boksning haqiqiy ma’noda asosichisi-otasi ekanligini e’tirof etdi. Bu — WBC EuroAsia faoliyatida davom etuvchi ishonch an’anasining ramzidir.

WBC EurAsianing tashkil etilishi — jahon boksining geografiyasi, tuzilishi va strategik yo‘nalishlaridagi eng muhim qadamlardan biridir. Ushbu yangi platforma qismi sifatida O‘zbekistonning ishtiroki mamlakatning xalqaro sport sahnasini yanada mustahkamlaydi va yangi avlod chempionlariga keng yo‘l ochadi.
WBC Konvensiyasi doirasida muhim yangiliklarni muntazam e’lon qilib boriladi.

Manba: Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси матбуот хизмати
Kiritildi: 18:20, 02.12.2025.
O'qildi: 528 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.