Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Samvel Babayan: «Birgalikda yangi tarix yaratamiz»

Samvel Babayan: «Birgalikda yangi tarix yaratamiz»

Baho:
+ | -

Kuni kecha «Andijon» bosh murabbiyiga aylangan tajribali mutaxassis Samvel Babayan klub matbuot xizmatiga o‘zining dastlabki fikrlarini bildirib o‘tdi:

“Andijon viloyati hokimi hurmatli Shuhrat Qo‘shoqboyevich va klub rahbarlarining taklifini qabul qildim. «Andijon»da hammamiz birgalikda yangi tarix yaratishni maqsad qildik. «Navbahor» va «Paxtakor»dagi faoliyatim katta tarix edi. Ikkala klub maksimal darajada natijaga erishdi. Bugungi kunda men barcha potensial va real imkoniyatlarimni «Andijon»da ko‘rsatmoqchiman.

Andijon xalqi, muxlislari, ayniqsa, taniqli bo‘lgan fan-klubi O‘zbekistonda eng yaxshisi. Ular sevimli jamoasini o‘zbek futbolining lideri bo‘lishini xohlashadi va bunga munosib. Shu sababli men shu yerdaman.

Ko‘p ishlashimizga to‘g‘ri keladi, faqat maydonda emas, balki maydon tashqarisida ham. Biz g‘alabali an’anani yo‘lga qo‘yishimiz kerak. Shuningdek, viloyat hokimi klub infrastrukturasini ham yaxshilashimizni so‘radi. Yoshlarni tarbiyalash va seleksiya ishlarini olib boramiz. 24/7 rejimida qat’iy ishlashimiz lozim.

Butun faoliyatim davomida ishlagan klublarimda eng yaxshi natijalarga erishganman. Endilikda barchamiz to‘plagan tajribam bilan hamoxang ravishda samarali ish olib borishimiz darkor. Buning natijasida hammamiz birlashib Andijonda katta muvaffaqiyatlarga erishishimiz mumkin.

Klub Superligada qolish masalasini hal qildi. Albatta, ishlarni seleksiyadan boshlayapmiz. Birinchi navbatda o‘yinchilarni tanlab olish masalasida hammasini ko‘rib chiqamiz. Qaysi futbolchilar jamoani kuchaytirib, natija ko‘rsata oladi? Shularni tahlil qilamiz.

Oldimizda 24 dekabr kuni Qatarda Osiyo Chempionlar ligasi doirasidagi muhim o‘yinimiz bor. Bu uchrashuvgacha vaqt bor. Yigitlarga dam berdik. Tez orada bo‘lajak o‘yin uchun tayyorgarlikni boshlaymiz”.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 07:54, 04.12.2025.
O'qildi: 1251 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.