Kirish Ro'yxatdan o'tish

Netu - "Chelsi"ning mag‘lubiyati haqida: "Raqib hamma narsada yaxshiroq edi"

Netu - "Chelsi"ning mag‘lubiyati haqida: "Raqib hamma narsada yaxshiroq edi"

Baho:
+ | -

"Chelsi" vingeri Pedru Netu jamoaning "Lids"ga qarshi o‘yindagi (1:3) muvaffaqiyatsizligi haqida fikr bildirdi.

"Raqib bizdan hamma narsada ustun edi. Buni qabul qilish qiyin, lekin saboq olish kerak. Shunday bo‘lib turadi. "Bornmut"ga qarshi navbatdagi o‘yinga e’tiborimizni qaratganmiz.

Bizda omadsiz kun bo‘ldi. "Lids" shiddat va kayfiyatda bizdan o‘zib ketdi, yakkama-yakka kurashlarda yaxshiroq edi va ko‘proq g‘alaba qozonishni xohladi. Bunday munosabat bilan maydonga tushib bo‘lmaydi," - dedi Netu Sky Sports’ga bergan intervyusida.

"Chelsi" 14 turdan so‘ng APL turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 13:32, 04.12.2025.
O'qildi: 630 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик