Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

"Arsenal" "Vilyarreal" hujumkor yarim himoyachisiga qiziqmoqda

"Arsenal" "Vilyarreal" hujumkor yarim himoyachisiga qiziqmoqda

Baho:
+ | -

"Vilyarreal" hujumkor yarim himoyachisi Alberto Moleyro Londonning "Arsenal" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi, deb xabar beradi Football Espana.

"Arsenal" yanvar oyida futbolchini sotib olishga tayyor. Rahbariyat jamoaga chuqurroq hujum chizig‘i kerak deb hisoblaydi. Futbolchining universalligi murabbiy Mikel Arteta uchun afzalliklardan biridir. Londonliklar yarim himoyachi uchun 35 mln yevro to‘lashga tayyor.

Shuningdek, Moleyroga "Manchester Siti," "Liverpul" va Madridning "Atletiko" klublari ham qiziqish bildirmoqda. Futbolchining "Vilyarreal" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda Moleyro klub safida barcha musobaqalarda 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining transfer narxi 25 mln yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 19:19, 04.12.2025.
O'qildi: 828 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик