Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Flik: "Yamalni himoya qilish kerak"

Flik: "Yamalni himoya qilish kerak"

Baho:
+ | -

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik vinger Lamin Yamalni maydonda himoya qilish kerak, deb hisoblamoqda. Bu haqda nemis matbuot anjumanida Yamalning to‘psiz o‘yinini baholash so‘ralganida aytib o‘tdi.

"Yamal to‘psiz o‘yinda yaxshi harakat qiladi, yuqori tezlikda pressing o‘tkazadi. U bu jihatda ancha takomillashdi. Uning mashg‘ulotlardagi harakatlari menga juda ma’qul bo‘lmoqda. U a’lo formada. Biz bunday o‘yinchilarni - alohida narsalarga qodir bo‘lgan, halol, aldamaydigan, doimo bir, ikki yoki uchta raqibni aldab o‘tishga intiladigan futbolchilarni himoya qilishimiz kerak," - dedi Flik jurnalistlarga.

6 dekabr, shanba kuni "Barselona" safarda "Betis"ga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 18:28, 05.12.2025.
O'qildi: 637 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.