Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK

Gattuzo: "Italiya terma jamoasi katta bosimga duch keladi"

Gattuzo: "Italiya terma jamoasi katta bosimga duch keladi"

Baho:
+ | -

Juma kuni 2026 yilgi jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi, unda Italiya terma jamoasi ishtirok eta olmadi.

Mart oyida italiyaliklar jahon chempionati yo‘llanmasi uchun pley-off yarim finalida Shimoliy Irlandiya bilan o‘ynaydi, finalda esa Uels yoki Bosniya va Gersegovina bilan to‘qnash keladi. Agar "skuadra adzurra" muvaffaqiyat qozonsa, 2014 yildan beri birinchi marta jahon chempionatining final bosqichida ishtirok etadi. Guruh bosqichida Kanada, Qatar va Shveysariya terma jamoalari raqib bo‘ladi.

"Biz avvalgi ikki jahon chempionatini o‘tkazib yubordik - shubhasiz, bizga katta bosim bo‘ladi. Biz barcha raqiblarni hurmat qilamiz, lekin hech kimdan qo‘rqmasligimiz kerak. Oldinda yarim finalning 90 daqiqasi bor, tayyor holda kelish kerak. Turnirning final bosqichiga chiqish butun Italiya futboli uchun juda muhim. Yaqindagina ketma-ket ikkita jahon chempionatini o‘tkazib yuborishimizni tasavvur qilib bo‘lmasdi. Muvaffaqiyatga erishish uchun hamma narsani qilishga majburmiz", - deya Gattuzoning so‘zlarini keltiradi Get Italian Football News.

Jahon chempionati-2026 iyun-iyul oylarida AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 07:56, 06.12.2025.
O'qildi: 598 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.