Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK

Luis Suares qo‘lga kiritgan sovrinlar soni yana bittaga oshdi

Luis Suares qo‘lga kiritgan sovrinlar soni yana bittaga oshdi

Baho:
+1 | -

"Inter Mayami"ning urugvaylik hujumchisi Luis Suares faoliyatidagi 23-sovrinini qo‘lga kiritdi. 2025 yilgi MLS kubogi so‘nggi o‘yinida uning jamoasi "Vankuver Uaytkeps"ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

Bungacha Suares "Atletiko", "Barselona", "Liverpul", "Ayaks", "Nasyonal" va "Gremio" kabi jamoalar safida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, uning hisobida Urugvay terma jamoasi safida ham sovrin bor.

Suares "Inter Mayami" safida 2024 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:13, 07.12.2025.
O'qildi: 868 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.