Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Portugaliya va Kolumbiyaning mart oyidagi o‘rtoqlik o‘yinlari uchun raqiblari ma’lum bo‘ldi

Portugaliya va Kolumbiyaning mart oyidagi o‘rtoqlik o‘yinlari uchun raqiblari ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasining 2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichidagi raqiblari — Kolumbiya hamda Portugaliya terma jamoasining mart oyidagi FIFA kunlari uchun raqiblari ma’lum bo‘ldi.

Unga ko‘ra, Portugaliya mart oyida Jahon chempionatining mezbonlari hisoblangan Meksika hamda AQSHga qarshi maydonga tushadi. Mexico News nashrining xabariga ko‘ra, Meksika hamda Portugaliya o‘rtasidagi bahs “Asteka” stadionida bo‘lib o‘tadi. AQSHga qarshi bahs esa Atlanta shahridagi “Mersedes-Benz” arenasida o‘tishi belgilangan.

Kolumbiya terma jamoasi esa Fransiya hamda Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi. Har ikki bahs ham AQSHda bo‘lib o‘tishi belgilangan. Ammo qaysi stadionda o‘tishi aniq emas. Ammo Croatian Sport nashriga ko‘ra, ushbu bahslarga Nyu-York hamda Orlando shaharlari mezbon bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston terma jamoasining raqiblari hozircha ma’lum emas. Avvalroq O‘zbekiston mart oyida Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgandi. Hatto O‘zbekiston futbol assosiasiyasi vise-prezidenti Ravshan Ermatovning sobiq FIFA hakami, hozirda Portugaliya futbol federasiyasi prezidenti bo‘lib ishlayotgan Pedro Proensa bilan muloqot qilgani aytilgandi. Ammo 5 dekabr, juma kuni bo‘lib o‘tgan qur’ada O‘zbekiston va Portugaliya bir guruhdan joy oldi. Bu esa Jahon chempionati oldidan ikki jamoa o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lmasligini anglatadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:56, 10.12.2025.
O'qildi: 3212 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик