Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Fabio Kannavaro: “O‘zbekiston chempionati yuqori darajadagi liga emas, shuning uchun intensivlik ham yuqori emas”

Fabio Kannavaro: “O‘zbekiston chempionati yuqori darajadagi liga emas, shuning uchun intensivlik ham yuqori emas”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro “Deportes RCN” kanaliga intervyu berib, Jahon chempionati qur’asi haqida fikr bildirdi.

“Qiyin guruhga tushdik, chunki raqiblarimiz Kolumbiya hamda Portugaliya terma jamoalari hisoblanadi. Biz kichik federasiyamiz, qolaversa bu Jahon chempionatidagi ilk ishtirokimiz. Shu sabab mundial biz uchun juda muhim tajriba bo‘ladi. Jamoa sifatida ishlashimiz kerak, chunki Portugaliya va Kolumbiya kabi raqiblarga qarshi individual o‘yin ko‘rsatish qiyin.

O‘zbekiston chempionati ham yuqori darajadagi liga emas. Shuning uchun intensivlik ham yuqori bo‘lmaydi. Shu bois biz asta-sekin bu borada yaxshilanishimiz kerak. Hozir biz Jahon chempionatiga chiqqanmiz va bu O‘zbekiston uchun katta tarix.

Barchasi faqat jamoaviy o‘yin bilan osonlashishi mumkin, chunki futbol — jamoaviy sport turi. Kolumbiya texnika, intensivlik va iste’dodga ega. Bu bahs oson kechmaydi. Bizda mavjud tarkib bilan ishlash uchun o‘n kun bo‘ladi. Mart oyida ikki o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazamiz va Jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettiramiz”, dedi italiyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, 5 dekabr, juma kuni Jahon chempionati guruh bosqichiga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston “K” guruhidan joy oldi. Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoaga Portugaliya, Kolumbiya hamda qit’alararo pley-off g‘olibi (Kongo – Yamayka/YAngi Kaledoniya) raqiblik qiladi.

O‘zbekisto ilk turda Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi. Bu uchrashuvga Meksika poytaxtidagi “Asteka” stadioni mezbonlik qiladi. “Oq bo‘rilar” ikkinchi turda Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya bilan o‘ynaydi. Mazkur bellashuv AQSHdagi “NRG” stadionida o‘tadi. Fabio Kannavaro jamoasi oxirgi turdagi uchrashuvni Atlantadagi “Mersedes Benz” stadionda o‘tkazadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:17, 11.12.2025.
O'qildi: 1985 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик