Madridning "Atletiko" klubining asosiy tarkib futbolchisi safga qaytdi.
Marca xabariga ko‘ra, "matraschilar"ning 30 yoshli fransiyalik markaziy himoyachisi Kleman Langle mushaklaridan olgan jarohatidan forig‘ bo‘lgan. U bugundan umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytgan.
Langle joriy mavsumda jami 13 ta o‘yinda 1080 daqiqa maydonda harakat qilgan. U hozircha gollarda ishtirok etmagan.













