Kirish Ro'yxatdan o'tish

Maurisio Sarri "Milan" futbolchisini jamoasida ko‘rishni istamoqda

Maurisio Sarri "Milan" futbolchisini jamoasida ko‘rishni istamoqda

Baho:
+ | -

Rimning "Lasio" klubi "Milan"ning angliyalik yarim himoyachisi Ruben Loftus-CHikka qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Italiyaning Il Messagero nashri xabar berdi.

Maurisio Sarri "Chelsi" ustozi bo‘lgan vaqtida futbolchi bilan birga ishlagan va uning qobiliyatlarini yuqori baholaydi. Manbaning aniqlik kiritishicha, Loftus-CHikka Italiyaning amaldagi chempioni "Napoli" ham qiziqmoqda. Hozircha ehtimoliy bitimlar tafsilotlari ma’lum qilinmayapti.

Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi 2023 yildan buyon hozirgi jamoasida to‘p tepib kelmoqda, u Italiyaga Angliya chempionatidan ko‘chib o‘tgan. Hozirda "Milan" A Seriya turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, jamoa keyingi turda "Sassuolo" bilan o‘ynaydi.

Kiritildi: 13:25, 13.12.2025.
O'qildi: 795 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик