Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Gulistondagi stadion 16 ming muxlisga mo‘ljallab ta’mirlanmoqda

Gulistondagi stadion 16 ming muxlisga mo‘ljallab ta’mirlanmoqda

Baho:
+ | -

2026 yilning ikkinchi yarmida respublikamizda yana bir yangi stadion qad rostlaydi. Kecha — 13 dekabr sanasida Liga ishchi guruhi Guliston shahrida bo‘lib, mazkur stadion loyihasi bilan tanishib chiqdi.

12 dekabr kuni Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov arenaga tashrif buyurib, unda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qator vazifalarni belgilab bergan bo‘lib, bunda Liga talablari inobatga olinishi lozimligi, tashkilot ishchi guruh bilan hamkorlikda faoliyat olib borish muhim ekanligini ta’kidlab o‘tgandi. 13 dekabr kungi uchrashuvdan so‘ng amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan ko‘chirildi.

Liga birinchi navbatda qurilish davomida teletranslyasiyalar masalasi inobatga olinishi lozimligi bo‘yicha suhbatlashdi. Bunda kamera platformalari qay tartibda joylashtirilishi, qurilish davomida kabel tizimlari puxta o‘tkazilishi, Gulistonga katta futbolning ehtimoliy qaytishi inobatga olinib, VAR xonasi qanday ishlashi, ko‘chma televizion stansiyalarning joylashuv nuqtalari kelishib olindi.

Shuningdek, stadionda media tribuna bunyod etish, matbuot anjumanlari, sharhlovchilar xonasi, texnik zona qanday ko‘rinishda bo‘lishi kabi masalalarda fikr almashilindi. Stadion maydonida drenaj va sug‘orish tizimi bitkazilgan, ishning shu va keyingi — maysani parvarishlashgacha bo‘lgan qismi uchun Farg‘onadagi "Istiqlol" stadioni parvarishi bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislar jalb etilgani e’tiborga molik.

Gulistondagi stadion 16 ming muxlis uchun mo‘ljallangan bo‘lib, maydon perimetri bo‘ylab to‘rt tomonlama tribunalardan faqatgina texnik zona tomondagisi yangidan quriladi. Stadionga zamonaviy tablo o‘rnatiladi, yoritish tizimi to‘liq qayta demontaj qilinishi ko‘zda tutilgan. Loyiha 2026 yilning ikkinchi yarmida qabul qilib olinishi rejalashtirilgan. Unga qadar "Guliston" klubi raqiblarini Yangiyerda qabul qiladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 08:16, 15.12.2025.
O'qildi: 691 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.