Kirish Ro'yxatdan o'tish

41 yoshli Tyago Silva erkin agentga aylanadi

41 yoshli Tyago Silva erkin agentga aylanadi

Baho:
+ | -

41 yoshli braziliyalik himoyachi Tyago Silva "Fluminense"ni tark etadi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi. Futbolchi bo‘lajak jahon chempionati oldidan faoliyatida yangi sahifa ochmoqchi.

Silvaning ustuvor vazifasi Yevropaga qaytish bo‘lib, u yanvar oyidan boshlab potensial yangi klubida o‘ynay oladi.

Eslatib o‘tamiz, Silva sentyabr oyida 41 yoshni qarshi olgan edi. Legioner "Fluminense"da 2024 yildan beri o‘ynab kelmoqda, avvalroq u to‘rt yil davomida Angliyada "Chelsi"da o‘ynagan. Braziliya terma jamoasiga 2008 yildan 2022 yilgacha chaqirilgan.

Kiritildi: 18:42, 15.12.2025.
O'qildi: 787 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик