Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ 1-6 Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) 1-0 Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha 1-0 Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Professional klub o‘z tarbiyalanuvchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish masalasini to‘liq tartibga solishi talab etiladi

Professional klub o‘z tarbiyalanuvchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish masalasini to‘liq tartibga solishi talab etiladi

Baho:
+ | -

Liga professional klublar rahbariyati, TMS, lisenziyalash va futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun mas’ul menejerlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Uchrashuv shu yilning 2 dekabr kuni Assosiasiya va Liga o‘rtasidagi kelishuv asosida tashkil etildi.

Klub endilikda FIFA tizimi bilan integrasiya qilingan platformaga nafaqat Liga bayrog‘i ostida o‘tadigan musobaqalarda ishtirok etadigan futbolchilarini, balki o‘z havaskorlarini ham yuklashi talab etiladi. Bu bilan bir vaqtning o‘zida uch yo‘nalish tartibga keltiriladi:

• klub qoshidagi futbol maktabi/akademiyasi tarbiyalanuvchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish orqali elektron futbolchi pasportini yuritish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;

• klubning OFK lisenziyalash platformasiga o‘z tarbiyalanuvchilari haqidagi ma’lumotlarni yuklashi masalasi soddalashtiriladi va shaffoflashtiriladi;

• klubning o‘z tarbiyalanuvchisi uchun kelajakda qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy mashg‘ulot kompensasiyasi yoki birdamlik mexanizmi mablag‘larini hisoblash tizimi tartibga solinadi.

Superliga misolida ko‘rsatilsa, «Paxtakor», «Nasaf», «Bunyodkor», «Mash’al», «Sho‘rtan» va «Lokomotiv» klublari bir necha yillardan buyon o‘z tarbiyalanuvchilariga jiddiy e’tibor qaratib keladi. 2025 yilga kelib o‘z tizimida maktab tashkil qilayotgan klublar soni ortib, «Neftchi», «OKMK» va «So‘g‘diyona» klublari ham o‘z akademiyasiga asos soldi. Bu haqda rasman e’lon qilganiga bir necha oy to‘lgan bo‘lsa-da, Liga endilikda klublardan tezlashishni talab qiladi. Ular yanvar oyidayoq U10 yosh toifasidan boshlab, U17 yosh toifasiga qadar ketma-ketlikda jamoalarni tashkil qilishi va har bir yosh toifasi uchun eng kamida 25 nafardan tarbiyalanuvchini elektron ro‘yxatdan o‘tkazishi shart. Bunda har bir tarbiyalanuvchi klub tizimiga rasmiy buyruq asosida qabul qilinishi va yosh futbolchining faoliyati to‘liq monitoring qilib borilishi lozim.

Bir necha yillardan buyon Assosiasiyaning amaliy ko‘magi bilan OFK lisenziyalashda qatnashib kelayotgan, biroq bugunga qadar o‘z maktabi masalasida jiddiy bosh qotirmagan «Dinamo», «Navbahor», «Qizilqum», «Surxon», «Andijon», «Qo‘qon-1912», «Buxoro», «Xorazm» kabi klublar esa O‘FA bilan hududiy futbol maktablari boshqaruvini qo‘lga olish yuzasidan shartnoma imzolaydi. Bunda ulardan ham yuqoridagi yosh toifalari bo‘yicha minimum 25 nafardan tarbiyalanuvchini Liga ro‘yxatidan o‘tkazish so‘raladi. Unga qadar esa klub professional futbolchini ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi.

Yuqoridagi masalalar har bir klub tomonidan qonun hujjatlari, reglament talablari asosida to‘la tartibga keltirilishi shart. Klubning masalaga yengil munosabatda bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 20:19, 15.12.2025.
O'qildi: 673 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.