"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoa darvozaboni Joan Garsiya Ispaniya terma jamoasiga chaqirilishi kerakmi, degan savolga javob berdi.
- Joan Garsiya Ispaniya terma jamoasiga chaqirilishi kerakmi?
- Bu mening ishim emas. U mening jamoamda o‘ynayotganidan xursandman. Ammo terma jamoa bo‘yicha qarorni men emas, boshqa birov qabul qilishi kerak," - dedi Flik jurnalistlarga.
Joan Garsiya yakshanba kuni La Liga doirasida "Vilyarreal"ga qarshi o‘yinda yaxshi harakat qildi. "Barselona" safarda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va "Real" bilan oradagi farqni 4 ochkoga yetkazdi.













