Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Milan"ning yangi transferi Italiyaga yetib bordi

"Milan"ning yangi transferi Italiyaga yetib bordi

Baho:
+ | -

Germaniyalik hujumchi Niklas Fyullkrug "Milan"ga transferini yakunlashdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Italiyaga uchib keldi. Bu haqda insayder Janluka di Marsio ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar bermoqda.

Jurnalistning ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar bitimning barcha tafsilotlarini kelishib olgan. Fyullkrug "rossonerilar" safiga 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida o‘tadi. Mehnat shartnomasida sotib olish imkoniyati ko‘rsatiladi.

Niklas joriy mavsumda 9 ta o‘yin o‘tkazib, gol ura olmadi. Transfermarkt portali ekspertlari futbolchining bozor narxini sakkiz million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 13:07, 23.12.2025.
O'qildi: 826 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик