Londonning "Arsenal" klubi markaziy himoyachisi Vilyam Saliba Chempionlar ligasi va Angliya Premyer-ligasi g‘olibligi o‘rtasida tanlov qildi.
"Biz buni jamoadoshlarimiz bilan doimo muhokama qilamiz. Chempionlar ligasi baribir qadrliroq. Ammo biz ikkala sovrinni ham qo‘lga kirita olsak, faqat xursand bo‘lamiz!" - deya javob berdi fransiyalik futbolchi CBS Sports Golazo bilan suhbatda.
Ayni damda "kanonirlar" Angliya chempionati va Chempionlar ligasi umumiy bosqichida peshqadamlik qilmoqda.













