Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan 4-3 Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta 1-0 As-Siyb
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing

"Real" bu mavsumda "Bernabeu"dan 400 mln yevrodan ko‘proq daromad olishni rejalashtirmoqda

"Real" bu mavsumda "Bernabeu"dan 400 mln yevrodan ko‘proq daromad olishni rejalashtirmoqda

Baho:
+ | -

"Real" bu mavsumda yangilangan "Santyago Bernabeu"dan 400 mln yevrodan ko‘proq mablag‘ ishlab olmoqchi.

AS xabariga ko‘ra, klubning umumiy daromadi 1,248 milliard yevro (o‘tgan mavsumga nisbatan +5 foiz) bo‘lishi kutilmoqda va taxminan uchdan bir qismi, ya’ni 402,5 million yevro stadiondan tushadigan daromadga to‘g‘ri keladi.

O‘tgan mavsumda faqatgina majmua ichidagi biznes faoliyati hisobiga (o‘yinlar uchun chiptalar sotuvini hisobga olmaganda) klub 79,1 mln yevro ishlab topgan, shundan 52,6 mln yevro "Bernabeu" bo‘ylab turlardan, 15,4 mln yevro turli tadbirlar va konsertlardan, 10,3 mln yevro restoranlardan tushgan.

Bu mavsumda turlardan tushumlar 31 foizga o‘sishi kerak. Shuningdek, gastronomik hududlar, VIP zonalar va xalqaro tadbirlar tufayli daromadlar sezilarli darajada oshishi kutilmoqda. Bundan tashqari, "Bernabeu"ning asosiy durdonasi hisoblangan SkyBar hanuzgacha ochilmagan.

Tez orada konsert faoliyati to‘liq tiklanishi va Bernabéu Infinito (Apple bilan hamkorlikda) loyihasi ishga tushirilishi kutilmoqda, bu esa stadionga virtual reallik ko‘zoynaklari orqali tashrif buyurish imkonini beradi.

Kiritildi: 04:54, 26.12.2025.
O'qildi: 946 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик