Kirish Ro'yxatdan o'tish

APL. «Liverpul» autsayder «Vulverxempton»ni taslim qildi

APL. «Liverpul» autsayder «Vulverxempton»ni taslim qildi

Baho:
+ | -

"Liverpul" o‘z maydonida APL 18-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Vulverxempton"ga qarshi bahs olib bordi - 2:1.

Uchrashuvning 41-daqiqasida mersisaydliklar xavbeki Rayan Gravenberx hisobni ochdi. Oradan bir daqiqa o‘tib, Florian Virs oradagi farqni oshirdi. 22 yoshli germaniyalik futbolchi jamoa safida debyut to‘pini kiritdi.

Mehmonlarning yagona goliga 51-daqiqada Santyago Bueno mualliflik qildi.

"Liverpul" (32) APLda to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi. "Vulverxempton" (2 ochko) barcha turnirlarda ketma-ket 12-mag‘lubiyatga uchradi va Angliya chempionati turnir jadvalida so‘nggi o‘rinda bormoqda.

Liverpul - Vulverxempton - 2:1

27 dekabr, 20:00. Enfild

Gollar: Gravenberx, 41 (1:0). Virs, 42 (2:0). S. Bueno, 51 (2:1)

Liverpul: Alisson, van Deyk, Konate, Kerkez, Frimpong, Djons, Gravenberx, Makallister, Virs (Nyoni, 90+3), Kyeza (Bredli, 61), Ekitike (Gakpo, 86)

Vulverxempton: Joze Sa, S. Bueno, Kreychi, Moskera (Arias, 79), Andre, Gomes, U. Bueno (Volfe, 62), Doerti (Chachua, 62), Xvan Xi Chxan (Larsen, 62), Mane, Arokodare

Ogohlantirishlar: Andre, 56

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:05, 27.12.2025.
O'qildi: 878 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.