"Liverpul" yarim himoyachisi Florian Virs Angliya chempionatining 18-turidan o‘rin olgan o‘yinda jamoa harakatlariga baho berdi.
- Birinchi bo‘limni ajoyib o‘tkazdik. Hamma ko‘p ishladi. Oxirgi 20 daqiqada barchasini biroz murakkablashtirdik. Sababini tushuntirib berolmayman. Buni o‘zgartirishimiz kerak, - dedi futbolchi.
"Liverpul" va "Vulverxempton" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 27 dekabr kuni bo‘lib o‘tdi va 2:1 hisobida "qizillar"ning g‘alabasi bilan yakunlandi.













