Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Og‘ir atletikachilarimiz Qatardagi turnirda ikkinchi bo‘lishdi

Og‘ir atletikachilarimiz Qatardagi turnirda ikkinchi bo‘lishdi

Baho:
+ | -

Qatarning Doha shahrida og‘ir atletika bo‘yicha “10th Qatar Weightlifting Cup” xalqaro turniri o‘z nihoyasiga yetdi. Dunyoning qariyb 30 mamlakatidan kuchli atletlar jam bo‘lgan nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Musobaqa davomida terma jamoamiz vakillari 4 ta oltin, 15 ta kumush va 5 ta bronza jami 24 ta medal qo‘lga kiritib, ochkolar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. Ushbu natija o‘zbek og‘ir atletika maktabining barqaror rivojlanayotgani va sportchilarimizning yuqori tayyorgarlik darajasini yana bir bor tasdiqladi.

Turnirdagi muvaffaqiyatli ishtirokdan so‘ng muzaffar sportchilarimiz bugun tunda yurtimizga qaytib kelishdi. Ularni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi mutasaddilari, sportchilarning oila a’zolari va yaqinlari tantanali tarzda qarshi oldi.

Marosimda so‘zga chiqqan federasiya bosh kotibi Olim Mahmudov atletlarimizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklab, jamoaning 2025 yilda xalqaro maydonlarda yuqori natijalar qayd etganini alohida ta’kidladi. Shuningdek, u kelgusi musobaqalarda ham sportchilarimizga omad va zafarlar tiladi.

Manba: https://t.me/uzbek_weightlifting
Kiritildi: 13:56, 28.12.2025.
O'qildi: 1411 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.