Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Gvardiola - mavsum boshlanishi haqida: "O‘shanda biz hali qanday o‘ynashni bilmasdik"

Gvardiola - mavsum boshlanishi haqida: "O‘shanda biz hali qanday o‘ynashni bilmasdik"

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa mavsum davomida "o‘ynashni o‘rganganini" tan oldi.

"Shaharliklar" ajoyib g‘alabali seriya qayd etmoqda va hozirda Premyer-liga turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan "Arsenal"dan atigi ikki ochko ortda qolmoqda. Avgust oyi oxirida Gvardiola jamoasi "Brayton"ga mag‘lub bo‘lgandi (1:2). Ispaniyalik bu o‘yinni matbuot anjumanida jurnalistlar bilan suhbatda yodga oldi.

"O‘shanda biz hali yangi o‘yinchilarimizni bilmasdik, qanday o‘ynashni bilmasdik. Ba’zida kutish, futbolchilar bilan gaplashish, vaziyatni yaxshiroq tushunish kerak bo‘ladi. Murabbiylar sehrgar emas. Hammasi darhol o‘z o‘rniga tushishi uchun "biz buni qilamiz" deyishning o‘zi yetarli emas," - deya murabbiyning so‘zlarini keltiradi Hayters TV.

Kiritildi: 12:25, 29.12.2025.
O'qildi: 1371 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик